Toshkentdagi regional konferensiya
2024-yil dekabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyo kattalar ta'limi bo'yicha mutaxassislar va xalqaro ekspertlar yig'ilib, kattalar ta'limining dolzarb muammolarini muhokama qilishdi. Ishtirokchilar kattalar ta'limini yanada qo'llab-quvvatlashga va mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdilar.