"O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish uchun kattalar ta’limi va o’qishi sohasida o’rganuvchi hududlari va innovatsiyalarni yaratish" festivali

Samarqand shahrida Oʻzbekistonda kattalar taʼlimi va o’qishini rivojlantirishga qaratilgan mamlakat vazirliklari va idoralari koʻmagida "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va DVVning Oʻzbekistondagi filiali (DVV International Uzbekistan) hamkorligida tashkil etilgan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish uchun kattalar ta’limi va o’qishi sohasida o’rganuvchi hududlari va innovatsiyalarni yaratish" festivali yakunlandi

Aziz do'stlar!

Samarqand shahrida Oʻzbekistonda kattalar taʼlimi va o’qishini rivojlantirishga qaratilgan mamlakat vazirliklari va idoralari koʻmagida "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va DVVning Oʻzbekistondagi filiali (DVV International Uzbekistan) hamkorligida tashkil etilgan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish uchun kattalar ta’limi va o’qishi sohasida o’rganuvchi hududlari va innovatsiyalarni yaratish" festivali yakunlandi

21 va 22 oktabr kunlari haqiqiy bayramga aylandi. Oʻzbekiston, Germaniya, Qirgʻiziston va Tojikiston ekspertlarining konferensiya, yarmarka, fotokoʻrgazma, mahorat darslari, davra suhbatlari boʻlib, unda davlat, nodavlat tashkilotlardan 160dan ortiq ishtirokchi, shuningdek, UNESKO va UIL Gamburgning (video havola orqali) Butun umr davomida taʼlim instituti vakillari ishtirok etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun juda dolzarb boʻlgan "oʻrganuvchi shahar", "oʻrganuvchi hududi", "oʻrganuvchi hamjamiyat", "oʻrganuvchi tashkilot" tushunchalarini muhokama qilishga bagʻishlandi.

Tadbirlar o‘tkaziladigan joy sifatida Samarqand tasodifan tanlanmagan. Shahar ma'muriyati hozirda 76 mamlakatdan 294ta shaharni o'z ichiga olgan UNESKOning oʻrganuvchi shaharlari global tarmog'iga qo'shilish uchun ariza berdi. Kelajakda Samarqand - inklyuziv ta'limni rivojlantirish uchun barcha sohalarda o'z resurslarini samarali safarbar etadigan shahar; oilalarda va jamoalarda ta'limni jonlantiruvchi; ish joyida o'qitishni targ'ib qiluvchi; ta’limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishni kengaytiradigan; ta'lim sifatini oshiradigan va umrbod ta'lim madaniyatini rivojlantiradigan saharga aylanadi.

Konferentsiyani 21 oktabr kuni moderator va ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari janob Bahodir Umurzakov ochdi. U kattalar ta’limi va o’qitish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi muhimligini, ayniqsa, davlat ijtimoiy buyurtmasini samarali amalga oshirishda Vazirlik va "SABR" NNT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi haqida ta’kidladi. Konferensiyada: janob Uve Gartenschläger (DVV International bosh ofisi direktori o‘rinbosari), Tekla Kelbert xonim (DVV Internationalning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori), Diloram Toshmuhamedova (senator), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Madaniyat, yoshlar va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari), Mavlyudaxon Shirinova ("SABR" nodavlat notijorat tashkiloti direktori), Murodullo Xolmuhamedov (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat bozori tadqiqotlari instituti” direktori), Sadoqat Siddiqova (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari) va boshqalar faol ishtirok etdilar.

Festivalning birinchi kuni yakunida fotoko‘rgazma va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi g‘oliblari taqdirlandilar.

DVVning Oʻzbekistondagi filiali (DVV International Uzbekistan) 20 yillik yubileyi munosabati bilan muborakbod etildi! Festivalning ikkinchi kuni haqida keyingi reportajda aytib o'tamiz.

 

Festival haqidagi telereportajlarni ("O‘zbekiston 24") quyidagi havolalarda ko‘rish mumkin:

https://t.me/mtrkuzofficial/117870 - o‘zbek tilida.

https://t.me/mtrkuzofficial/117857 - rus tilida.

Cookie-Settings
YOU ARE LEAVING DVV INTERNATIONAL
Important notice: If you click on this link, you will leave the websites of DVV International. DVV International is not responsible for the content of third party websites that can be accessed through links. DVV International has no influence as to which personal data of yours is accessed and/or processed on those sites. For more information, please review the privacy policy of the external website provider.