KASBIY TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
KASBIY TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI (1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limi Agentligi(2) qoshidagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda kasbiy ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun mas’uldir.
Institut o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
- kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni va tuzilmasini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yaratish bo‘yicha tavsiya va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
- kasbiy ta’limga pedagogik innovatsion texnologiyalarning ilg‘or shakl va metodlarini joriy etish, o‘quv dasturlari, fan va texnologiyalarning innovatsion yutuqlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish ;
- tizim rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish ;
- O‘zbekiston Respublikasi kasbiy ta’lim tizimi uchun “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipiga asoslangan ilg‘or xorij tajribasi hamda iqtisodiyotning real sektorlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim dasturlari, namunaviy o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish ;
- innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish ;
- kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
- masofaviy ta’limni keng joriy etish va uning metodik ta’minotini ishlab chiqish;
- kasbiy ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
- Nodavlat ta’lim muassasalari, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish
INSTITUTNING NEMIS XALQ UNIVERSITETLARI ASSOTSIATSIYASINING (DVV) O’ZBEKISTONDAGI FILIALI BILAN HAMKORLIGI
Institutning DVV Filiali(3) bilan hamkorligi o‘n besh yildan ortiq tizimli faoliyatga ega bo‘lib, mamlakatda andragogikaning institutsional shakllanishi va kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy bosqichlarini qamrab oladi. Hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi 2023-yil 15-martda imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum bo‘ldi.
Hamkorlikning asosiy bosqichlari:
• 2007-2008-yillar - O‘zbekistonda andragogikaning rivojlanish asoslari yaratildi: resurslar tahlil qilindi, Institut mutaxassislari uchun treninglar tashkil etildi, kattalarni o‘qitish bo‘yicha dastlabki tajriba kurslari ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi.
• 2010-2012-yillar - "Andragogika asoslari" ta’lim dasturi tasdiqlandi, rus va o‘zbek tillarida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi.
• 2013-2014-yillar - andragoglarning tajriba guruhi, shu jumladan Curriculum globALE (CG)(4) ning beshta modulini tamomlagan va kattalarni o‘qitish va ta’lim berish bo‘yicha trenerlar maqomini olgan Institut xodimlari tayyorlandi.
• 2019-yil - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" DMda ro‘yxatdan o‘tgan, professional ta’lim tizimi mutaxassislarini onlayn o‘qitishning barqaror mexanizmini ta’minlagan onlayn platforma ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
•2023-2024-yillar - to‘qimachilik sanoati kollejlari bilan qo‘shma tarmoq loyihasi amalga oshirildi: "yashil" ishlab chiqarish, sifatni ta’minlash, genderga sezgir ta’lim va andragogika bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va Institut Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlandi (o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida). Multiplikatorlar tayyorlandi, 240 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar uchun kaskadli treninglar o‘tkazildi, 439 nafar ishsiz fuqaro uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.
• 2024-yil - xalqaro ekspert va Institut xodimlari ishtirokida CG dasturi bitiruvchilari uchun "Kattalar ta’limining onlayn transformatsiyasi: zamonaviy interaktiv vositalar" mavzusida oflayn trening o‘tkazildi.
2025-yil:
• YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyaning Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va Institut xodimlari ishtirokida “O‘zbekistonda katta yoshdagilarni o‘qitish va ta’lim berish: hozirgi holati va rivojlanish ssenariylari”(5) milliy sharhi tayyorlandi.
• "Kattalar ta’limining onlayn transformatsiyasi" mavzusidagi onlayn kurs materiallari ishlab chiqildi va o‘zbek tiliga tarjima qilindi hamda platformada joylashtirildi. Ushbu dastur bo‘yicha xalqaro mutaxassislar guruhi, jumladan, Institut vakillari ham o‘qitildi.
• 68 ta texnikum rahbarlari uchun onlayn vositalarni qo‘llash va samarali boshqaruv bo‘yicha oflayn tadbirlar o‘tkazildi; kasbiy ta’lim tizimidan 51 nafar tinglovchi va 37 nafar NNT vakillari 2026-yil oxirigacha dasturni yakunlash va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan holda platformada o‘qishni davom ettirmoqda.
Hamkorlik yillarida inson kapitalini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va rivojlantirishning milliy ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq professional ta’lim va katta yoshdagilarni o‘qitish sohasidagi keyingi tizimli islohotlar uchun poydevor bo‘la oladigan barqaror ekspert, uslubiy va institutsional baza shakllantirildi.
Batafsil:https://ipitvet.uz/ru/
1 https://ipitvet.uz/ru/
2 https://gov.uz/uz/kasbiytalim
3 https://www.dvv-international-central-asia.org/ru/uzbekistan
4 Curriculum globALE – это международная программа обучения и образования взрослых, основывающаяся на компетентностном подходе для обучения преподавателей для взрослых по всему миру.
5 chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.dvv-international-central-asia.org/fileadmin/files/central-asia/National_Review/National_Review_ALE_Uzbekistan_2025_RU__3_.pdf
Ўзбекистон Маданият вазирлиги ҳузуридаги Аҳолининг Маданият ва дам олиш марказлари.Собиқ маданият уйлари ва клуб муассасалари негизида ташкил этилган маданий марказлар, давлат ташкилотлари эгалиги шаклида бўлган ва асосан норасмий секторда фаолият юритади ва турли маданий, маърифий хизматларни таклиф қилиш билан шуғулланади (тўгараклар, бадиий ва мунозара клублари, маданият арбоблари билан учрашувлар ва бошқалар). Ўзбекистонда ушбу соҳада олиб борилаётган ислоҳотларни амалга оширишдан асосий мақсад аҳолининг, айниқса, ёш авлоднинг ўсиб бораётган маданий ва маърифий эҳтиёжларини қондириш учун зарур шароитларни яратиш, бўш вақтларни самарали ва мазмунли ташкил этишда кўмаклашишдир. Хозирги кунда марказлар асосан маданият ва санъат соҳасида фаолият олиб боришади - улар маҳаллий аҳолига (асосан мактаб ўқувчилари, талабар)га турли хил мусиқа, ашула ва рақс тўгаракларини (шу жумладан ижодий ансамблларда иштирок этишни), шунингдек кенг аҳоли қатларлари учун оммавий маданий-кўнгилочар тадбирлар (концертлар, театрлаштирилган томошалар ва бошқалар). Лойиҳанинг умумий мақсади: Инновацион ёндашулар ҳисобига Ўзбекистон вилоятларида катталар таълими ва ўқитишнинг норасмий тизими самарадорлигига ҳисса қўшиш Лойиҳанинг мақсади: Институтсионал потенциални мустаҳкамлаш ва аҳолини турли талаб қиладиган курсларини ташкил этиш орқали Ўзбекистон Республикаси Маданият марказларининг маданий ва маърифий хизматлари турларини кенгайтириш. Лойиҳанинг мақсадли гуруҳлари: тангланган ҳудудлардаги аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож гуруҳларидаги аёллар ва ёшлар; ёши, жинси ва ижтимоий ҳолатидан қатъи назар танланган минтақалар аҳолиси: танланган ҳудудларда ишлайдиган маданий марказларнинг ходимлари. Ходимлар малакасини ошириш бўйича курслар, Марказнинг ўзи ва атрофдаги Марказлар маъмуриятлари, семинарлар, давра суҳбатлари минтақадаги маданий ва дам олиш муассасалари фаолиятини бошқаришнинг инновацион усулларини жорий этишга имкон беради. Батафсил маълумот |
---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
“ОИЛА” ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТАДҚИҚОТ МАРКАЗИ“Оила” маркази оила институтини мустаҳкамлаш ва ривожлантириш, жамиятда замонавий намунали оила мезонларини жорий этиш соҳасида ягона давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган фундаментал, амалий ва инновацион тадқиқотларни ташкил этиш ва ўтказиш соҳасида республиканинг етакчи илмий-тадқиқот эксперт муассасаси ҳисобланади. Батафсил маълумот |
---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Ўзбекистон Республикаси туризмни ривожлантириш Давлат Қумитаси1993-йилда Ўзбекистон Республикаси Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Жаҳон саййоҳлик ташкилотига (UNWTO) аъзо бўлди. Ўшандан бери дунё туристик марказларидан бири бўлган Ўзбекистон йирик саййоҳлик форумлари ўтказиладиган жойга айланди: Самарқанд (1994), Хива (1999) ва Бухорода (2002). Лойиҳанинг асосий йўналишлари:
Қўмитанинг вазифалари ва функциялари
Батафсил маълумот |